Engil atletika. Ekaterina Voronina Osiyo chempionatida terma jamoamizning ilk oltin medalini qo'lga kiritdi

Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Ekaterina Voronina Qozog'istonda o'tayotgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida terma jamoamizning birinchi oltin medaliga mualliflik qildi.
Beshkurash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz 4386 ochko to'plashga erishdi va raqiblarini ancha ortda qoldirdi.
1. Ekaterina Voronina (O'zbekiston) – 4386
2. Svapna Barnan (Hindiston) – 4119
3. Yuki Yamasaki (Yaponiya) – 4078
Manba: olympic.uz
Kommentariyalar