Prevyu.

Superliga 13-turida "Paxtakor" "Xorazm" bilan to'qnash keladi.

Jami 18 bellashuvning 13tasida "Sherlar", 2tasida raqiblar zafar quchgan. 3 o'yinda durang qayd etilgan. Xorazmliklar darvozasi 37 bor ishg'ol etilgan va 11 to'p o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 7 g'alaba, bittadan durang hamda mag'lubiyat kuzatilgan. To'plar farqi 19:5ni tashkil etadi.

Jamoalar safida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo'q.

"Paxtakor" va "Xorazm" jamoalari o'rtasidagi o'yin 21 iyul kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: Stadion.uz

Ko'rishlar: 12204