Frantsiya poytaxtida dzyudo bo'yicha «katta dubulg'a» turniri o'z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi musobaqani 2 ta bronza medali bilan tugatdi.

Xabar berganimizdek, kechki dasturda +100 kg vazn toifasida hamyurtlarimiz Shohruh Baxtiyorov va Alisher Yusupov bronza medali uchun o'zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kurashda Yusupovning qo'li baland keldi va termamizga 2-bronza medalini taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, kechagi kun dasturida -60 kg vazn toifasida Kamoliddin Baxtiyorov ham shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilgan edi.

Manba: olympic.uz
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.