“Real”ning Zayniddin Zidan bilan kelishuvi shartlari oshkor qilindi.

Frantsiyalik mutaxassis "Real" bilan 2022-yil 30-iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi va u klubda yiliga 16 million evro ishlab topadi.

Shuningdek, Zidanning talabiga ko'ra, “Real” yozda “Chelsi”dan Ngolo Kanteni sotib olishi kerak bo'ladi.