Goal nashrining xabar  berishicha, Madridning “Real” klubi ushbu mavsumni ajoyib boshlagan “Chelsi” yarim himoyachisi Meyson Mauntning kuzatishni boshlagan.

20 yoshlik Maunt ohirgi 2 mavsumni “Vitess” va “Derbi” jamoalarida ijara asosida to'p surib ikki mavsumda ham ajoyib natijalar qayd etdi.

Ushbu mavsumni u “Chelsi” safida 3 ta gol bilan boshlab, Zidanning etiboriga tushdi.

Marca nashrining yozishicha, madridliklarning skautlari  “Chelsi” maktabi tarbiyalanuvchisi Mauntni kuzatishni davom ettirmoqda.