“Zenit” rasmiy sayti “Ufa” klubi chap qanot himoyachisi Danila Krugovoyni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Futbolchining transferi 1 million evroga baholandi. 21 yoshli futbolchi peterburgliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga asosan futbolchi mavsum yakunigacha “Ufa” safida qoladi.

Eslatib o'tamiz, Krugovoy “Zenit” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Ufa” safiga 2018 yil ko'chib o'tgan edi.