“Barselona” “Red Bull” klubining 17 yoshli hujumchisi Karim Adeyemi xizmatlariga qiziqib qoldi. Bu haqida Transfermarkt.de nashri xabar berdi.

Ayni damda futbolchi “Lifering” jamoasida ijarada o'ynamoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchi  bilan qishki transfer oynasida shartnoma imzolamoqchiyu “Barsa” futbolchi uchun 15 million evrolik taklif bilan chiqdi, biroq Avstriya klubi mazkur taklifni rad etdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, “Liverpul” va “Arsenal” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.