“Lion” yarim himoyachisi Xamza Rafya “Yuventus” a'zosiga aylandi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Futbolchining transferi turinliklar uchun 400 ming evroga tushdi. Shuningdek, bu summa bonuslar evaziga 5 million evroga oshishi mumkin. Futbolchi turinliklar bilan yana bir yilga uzaytirish huquqi bilan 2022 yilgacha shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, 20 yoshli Rafya “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.