"Kalyari" hujumchisi Xan Kvan Son faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

Turin klubi 20 yoshli forvardni 5 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, u  avvaliga asosiy jamoa bilan mashg'ulot olib boradi va keyinchalik  yoshlar jamoasida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, Xan Kvan Son 2017 yildan beri Italiyada faoliyat olib boradi.

Ma'lumot uchun, u "A" Seriyada gol urgan birinchi shimoliy koreyalik o'yinchiga aylangan.