«Yuventus» rahbariyati katta salohiyatga ega deb qaralayotgan yosh forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqida «Gazzetta dello Sport» nashri xabar tarqatmoqda.

Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Kayo Xorxe yangi mavsumni A Seriyada boshlashi mumkin. Turinliklar ushbu futbolchining transferini o'zlari uchun eng ustuvor vazifa sifatida qaramoqda.

Transfermarket portali ayni paytda futbolchining narxini 12 million evroga baholagan.