«Yuventus» «Roma»ning ikki futbolchisiga qiziqib qoldi

“Yuventus” skautlari “Roma”ning ikki futbolchisini kuzatmoqda.
Turinliklar bo'rilarning ikki futbolchisi Zanolo va Lorentso Pellegriniga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Pellegrini 6ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 4ta assist yozdirib qo'ydi. Zanolo esa 7ta o'yinda maydonga tushgan.