PSJ yozgi transfer vaqtida “Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanichni xarid qilmoqchi. Bu haqda Italiya OAV xabar tarqatdi.

Manbaning xabar berishicha, “keksa sinoralar” futbolchini 80 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Parijliklar esa 29 yoshli havbek uchun bu summani to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Pyanichning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.