“Manchester Yunayted” himoyachisi Matteo Darmian “Yuventus”ga o'tishga yaqin turibdi.

Klublar italiyalik futbolchini ijaraga olish borasida kelishib olishdi.

Turinliklar futbolchini ijaraga olgani uchun 3 mln evro to'laydi sotib olish narxi esa 8 mln evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot o'rnida, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 5 ta o'yinda maydonga tushdi.