"Yuventus" hujumchi pozitsiyasi uchun o'yinchi izlashni davom ettirmoqda.

As xabariga ko'ra, turinliklar "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morataga qiziqish bildirmoqda, u 2014—2016 yillarda u aynan "Yuventus"da o'ynagan.

Morata uchun "Yuventus" o'zining yarim himoyachilaridan birini taklif qilishga tayyor: Federiko Bernardeski, Duglas Kosta yoki Aaron Remsi.

Qayd etilishicha, "Atletiko" o'z futbolchisini 80 million evrodan ortiqroqqa baholamoqda.