Turinning “Yuventus” klubi “Chelsi”ning frantsiyalik hujumchisi Olive Jiruga qiziqib qoldi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, turinliklar futbolchini yaqinda “Al-Duxail”ga o'tgan Mario Manjukich o'rniga olib kelmoqchi.

Ma'lumot uchun, Jiruning “arristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, Jiruga shuningdek, “Inter”, “Bordo”, “Lion”, “Reynjers” va MLS klublari qiziqmoqda.