«Yuventus» Gonsalo Iguainni 18 million evroga sotishga tayyor

"Yuventus" hujumchi Gonsalo Iguain bilan xayrlashishga tayyor. "Tuttojuve" tarqatgan xabarga ko'ra, "kesa sinora" argentinalik futbolchining transferidan 18 million evro ishlab olmoqchi.
32 yoshli futbolchiga uning sobiq klubi — "River Pleyt", shuningdek, MLS va APL klublari qiziqish bildirishmoqda.
Iguainning o'zi "River Pleyt"ga qaytmoqchi, ammo "Yuve" belgilagan narx argentinaliklarga og'irlik qiladi.