"Yuventus" futbolchisi Evropada qolib, o'ziga yangi jamoa qidiradi

"Yuventus" futbolchisi APLga yo'l oladi. Xabarlarga ko'ra, "Nyukasl" turinliklar" himoyachisi Leonardo Bonuchchiga qiziqish bilan qaramoqda. 36 yoshli futbolchiga ketish uchun ruxsat berilgan. Shu sabab u "Yuventus" bilan AQShga bormaydi.
U Evropada qolib, o'ziga qiziqish bildirgan jamoalar bilan muzokaralarga kirishadi. Bonuchchi 2024 yilgi qit'a chempionatida ishtirok etmoqchi. Shu sababli Saudiya va Amerikadan kelgan takliflarga e'tibor qilmagan.
Manba: teamtalk.com