«Yuventus» «Fiorentina» hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

«Yuventus» va «Fiorentina» klubi hujumchisi Federiko Kezaning agenti futbolchining shaxsiy shartnomasi borasida kelishuvga erishishdi. 22 yoshli futbolchi yozgi transfer paytida Turinga ko'chib o'tishi mumkin.
Keza "Yuve"ga o'tsa, 5 million evro miqdorida yillik maosh oladi. Ushbu transfer summasi narxi 60 million evroga baholanmoqda. Italiyalik futbolchiga, shuningdek, «Inter» va «Manchester Yunayted» klublari da'vogarlik qilyapti.
Federiko Keza Italiya A seriyasining ushbu mavsumida 23ta o'yinida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.