«Yuventus» erkin agent Pogbaga qancha safrlashi ma'lum bo'ldi

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Pol Pogba «Yuventus»ga o'tishga yaqin turibdi.
Turinliklar 29 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishishdi. Pogbaning yillik maoshi 7,5 - 8 million evro, shuningdek, bonuslar bilan bu summa 10 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, «Yuventus» futbolchining agentlariga to'lanadigan summalar bilan qo'shib hisoblaganda Pol uchun 80 million evro xarajat qiladi.