"Yuventus" Dembeleni kuzatmoqda

"Yuventus" klubi "Lion" hujumchisi Musa Dembelega qiziqmoqda, deya xabar beradi L’Equipe.
Italiya klubi frantsiyalik 23 yoshli futbolchining o'yinlarini bir necha oydan buyon kuzatib kelmoqda. "Yuve" skautlari Frantsiya chempionatining "Lion" - "Anjer" o'yiniga tashrif buyurdilar. Dembele bu o'yinda dublga erishdi.
Mussa Liga 1 ning ikki o'yinida 3 ta gol urdi.