"Yuventus" "Chelsi" bilan hujumchi Romelu Lukaku transferi borasida kelishib oldi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, turinliklar "ko'klar" bilan 40 million evroga kelishib olgan.

Shuningdek, "Yuventus" futbolchi bilan mavsumiga 8 million maosh bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgani qayd etilgan.

Lukaku "Inter"da ijarada o'tgan mavsumda "neradzurrilar" safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.