"Yuventus" braziliyalik futbolchini qanchaga baholayotgani ma'lum

"Manchester Siti" klubi futbolchisi Gabriel Jezus yozgi transferlar oynasida boshqa klubga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri.
Manbaning ma'lum qilishicha, Turin klubi braziliyalik hujumchini 60-65 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Jezusning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.