"Yuventus" "Barselona" vingerini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Turinnig "Yuventus" klubi "Barselona" vingeri Usman Dembeleni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.
Frantsiyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi. Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kuman uni o'rniga boshqa bir futbolchini jamoaga kelishini xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Dembele ushbu mavsum La Ligada 22 o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.