"Valensiya" markaziy himoyachisi Fakundo Gonsales "Yuventus" bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tmoqda, deb xabar bermoqda Turin klubining ijtimoiy tarmoqlardagi safihasi.

Boshqa transfer tafsilotlari ko'rsatilmagan. Insayder Fabritsio Romanoning fikricha, kelishuv "Yuventus"ga 2-3 million evroga tushadi.

20 yoshli urugvaylik Gonsales "Espanol" va "Valensiya" klublarining yoshlar tizimida o'ynagan.