"Yuve" qiziqqan futbolchini "Arsenal" ilib ketishi mumkin

Daily Mail xabariga ko'ra, "Arsenal" yana bir bor "Lion" yarimhimoyachisi Ussem Auarni sotib olishga harakat qiladi.
London klubi o'tgan yili futbolchining transferini rasmiylashtirishga urinib ko'rdi, ammo oxir-oqibat kelishuv amalga oshmadi.
Yaqinda yarimhimoyachini sotib olishga "Yuventus" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.