"Yuve" Pyanich bilan maosh borasida kelisha olmayapti

"Yuventus" Miralem Pyanichning yozda klubga qaytishidan manfaatdor, ammo Turin klubi buning uchun ko'p narsaga tayyor emas.
Bosniyalik o'tgan yili "Barselona"ga transfer qilindi, ammo xarid kataloniyaliklar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi - futbolchi yangi mavsumda Ronald Kuman rejalariga kiritilmagan.
"Barsa" Pyanichni "Yuve"ga ijaraga berishga tayyor, ammo Turin klubi futbolchining maoshi shartnoma yopilishidan oldin qisqartirilishini xohlamoqda. "Byankonerilar" Pyanichga bir mavsum uchun 5 million evrodan ortiq maosh to'lay olmaydi.