"Yuve"ga MYu va "Barsa" futbolchisi kerak

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yaqin kunlarda klub rahbariyati bilan uchrashib, transfer rejalarini muhokama qiladi.
Calciomercato xabariga ko'ra, Allegri yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra bu borada ideal nomzod - "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba.
Shu bilan bir qatorda "Barselona"dan Miralem Pyanich ikkinchi variant bo'lib turibdi. Oldinroq, Pyanich "Yuve"ga qaytishni istayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi