Yaponiyalik darvozabon "Manchester Yunayted"ga o'tishdan bosh tortdi.

"Mankunianliklar" jamoaning ikkinchi darvozaboni sifatida Zion Suzuki bilan shartnoma imzolashi mumkinligi xabar qilingandi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, Premer-liga klubi Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" jamoasi bilan transfer summasini kelishib olgan, biroq futbolchining o'zi britaniyaliklarga rad javobini bergan.

U belgiyalik "Sent-Truyden"ga o'tishga qaror qildi. Bu klub yapon xo'jayinlariga tegishli va darvozabon u erda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonmoqda.

"Yunayted" yozgi transfer oynasida boshqa darvozabonni sotib olmoqchi.