Xavi Simons yana bir yil "Leyptsig"da qoladi.

Yarim himoyachi 2024/25 yilgi mavsum uchun "PSJ"dan nemis klubiga ijaraga beriladi, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.

Futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Qayd etilishicha, barcha manfaatdor tomonlar Simonsning qaroridan xabardor: "PSJ", "Leyptsig" va "Bavariya".

Xavi 2023/24 yilgi Bundesligada "Leyptsig"ning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.