“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini “Napoli”da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining transferini neapolliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottining shaxsan o'zi xohlamoqda​, Ular avval ham birga “Real Madrid”da ishlashgan. Murabbiy futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan gaplashib olgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchining xizmatiga shuningdek “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Yuventus” jamoalari qiziqish bildirmoqda.