"Vulverxempton"ning asosiy futbolchisi ahvoli haqida ma'lumot berildi

"Vulverxempton" futbolchisi uzoq vaqtga safdan chiqqan bo'lishi mumkin. Pedru Netu kecha "Nyukasl" bilan o'yinda jarohat olgandi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Gari O'Neyl shunday deydi:
"Odatda jarohatlarning darajalari bo'ladi. Ammo biz Pedruni uzoq vaqtga yo'qota olmaymiz. Chunki u jamoamizning muhim vakillaridan biridir".
Portugaliya terma jamoasi a'zosi bu mavsumda APLning 10 ta turida 7 ta assistni amalga oshirgan.
Manba: newsnow.co.uk