"Vulverxempton" La Liga klubi futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Ispaniyaning “Selta” klubi hujumchisi Yorgen Strand Larsen “Vulverxempton” klubiga ko'chib o'tdi, deya xabar bermoqda “bo'rilar” rasmiy sayti.
Ingliz klubi 24 yoshli norvegiyalikni bir mavsumga 3 million evro evaziga ijaraga oldi. Futbolchining bozor narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
Yorgen Strand Larsen o'tgan mavsumda “Selta” safida 73 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.