"Vulverxempton" o'z futbolchisi uchun kelgan taklifga rad javobini berdi. Xabarlarga ko'ra, "bo'rilar" o'z himoyachisi Toti Gomes uchun nomi ochiqlanmagan A seriya klubi taklif etgan ijara bitimini rad etgan.

23 yoshli futbolchi mavsumning ilk o'yinida qatnashmadi. Ammo 21 yoshgacha bo'lgan jamoada maydonga tushishi kutilmoqda.

Manba: bbc.com