Niderlandiyaning PSV klubi "Vulverxempton" hujumchisi Fabiu Silvani ijaraga olganini rasman e'lon qildi.

Shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi. Shuningdek, klub “bo'rilar” himoyachisi Ki-Yan Xuverning ijara shartnomasini muddatidan avval bekor qildi.

20 yoshli Fabiu Silva joriy mavsumda "Anderlext"da ijara asosida o'ynadi. Portugaliyalik futbolchining hisobida 11 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.