"Vulverxempton" darvozaboni Chempionshipga ketadi

"Birmingem Siti" APLdan futbolchi sotib olishni reja qilgan. Xabarlarga ko'ra, "Vulverxempton"ning zaxira darvozaboni Matiya Sharkichni keyingi mavsum ham jamoaga jalb etmoqchi.
Sharkich bu mavsumda "Birmingem" safida ijara asosida harakat qilmoqda. U hozirga qadar 23 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta quruq o'yinga erishgan. 24 yoshli posbon Chernogoriya terma jamoasi a'zosi sanaladi.
Manba: bbc.com