"Vulverxempton" himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "bo'rilar" "Borussiya Myunxengladbax" futbolchisi Niko Elvediga qiziqish bildirmoqda.

Shveytsariya terma jamoasi a'zosiga "Roma" ham qiziqish bildirayotgan edi. 26 yoshli futbolchi 30 million evroga baholanmoqda. U 2015 yildan beri Bundesliga klubi sharafini himoya qiladi.

Manba: bbc.com