"Vulverxempton" 18 yoshli hujumchi sotib oladigan bo'ldi

"Vulverxempton" yosh hujumchi borasida kelishuvga erishdi. Xabarlarga ko'ra, Chilining "Universidad de Chili" klubi futbolchisi Dario Osario "bo'rilar" safiga kelib qo'shiladi.
Osario yosh bo'lishiga qaramay, Chili milliy terma jamoasida 2 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurgan. Hujumchining to'p bilan muomala qilishi Anxel Di Mariyaga o'xshatilgan. "Vulverxempton" Osario uchun 5,5 million funt to'laydigan bo'ldi.
Manba: bbc.com