Vlaxovich uchun kurashga Londonning yana bir klubi qo'shildi

Serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich “Yuventus”ni tark etishi mumkin.
Turin klubiga shu yilning yanvar oyida o'tganiga qaramay, serbiyalik futbolchini sotib olish uchun "Tottenxem" ham kurashga qo'shildi.
Avvalroq, serbiyalik futbolchining xizmatiga "Chelsi" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatilgandi.
Vlaxovich joriy mavsumda “Yuventus” safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.