Frantsiyaning “Monako” klubi yaqin vaqt ichida “Napoli”ning braziliyalik hujumchisi Karlos Vinisius bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda. Monegaskliklar futbolchini ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Eslatib o'tamiz, mavsumning ilk qismini futbolchi “Riu Ave” jamoasida ijarada o'tkazgan. U joriy mavsum 20 ta o'yinda 14 ta  gol urishga erishgan.