«Vilyarreal» klubi «Reyms» bilan hujumchi Bulaye Dianing transferi borasida kelishuvga erishganini e'lon qildi.

Ispaniyaliklar 24 yoshli senegallik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi. Transfermarkt tarqatgan xabarga ko'ra, «Vilyarreal» Dia uchun 12 mln evro to'laydi.

Dia Frantsiya chempionatining yakunlangan mavsumida «Reyms»ning eng yaxshi to'purariga aylandi. U 36ta uchrashuvda 14ta gol muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru