“Latsio” yarim himoyachisi Lukas Leyva Frantsiya klubining nazarigi tushdi.

L'Equipe nashrining xabar berishicha, Leyvaning xizmatiga “Marsel” qiziqish bildirayotgan ekan. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash o'z jamoasida braziliyalik futbolchini ko'rmoqchi.

Eslatib o'tamiz,  32 yoshli futbolchi o'tgan oy “Latsio” bilan shartnomasini uzaytirgan edi.