"Vest Xem Yunayted" ilk xaridni amalga oshirishga yaqin

"Vest Xem" klubi o'zining yozdagi ilk xaridiga yaqin turibdi. Xabarlarga ko'ra, "Yuventus" yarim himoyachisi Denis Zakaria "bolg'achilar" radariga tushgan.
Shveytsariya terma jamoasi a'zosi o'tgan mavsumni "Chelsi"da ijara asosida o'tkazgandi. Ayni damda London klubi Zakaria uchun 15 million evrolik taklif yubormoqchi. U "Vest Xem"da Deklan Rays o'rnini egallaydi.
Manba: caughtoffside.com