"Vest Xem" yangi hujumchi bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib oldi

Janluka Skamakka ingliz klubiga o'tadi.
"Vest Xem" 23 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi.
"Sassuolo" transfer uchun London jamoasidan 30,5 million funt oladi, qo'shimcha ravishda yana 5 million bonus sifatida taqdim etiladi.
Skamakka seshanba kuni "Vest Xem" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Italiyalik futbolchi klub bilan yana bir mavsum uzaytirish imkoniyati bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda Skamakka A Seriyaning 36 o'yinida 16 ta gol urdi va "Sassuolo"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.