"Vest Xem" va "Fulxem" bir futbolchi uchun kurashadi

"Vest Xem" yozda hujumchi sotib olishga harakat qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Union Berlin" klubi futbolchisi Sheraldo Bekker "bolg'achilar" radarida turibdi.
28 yoshli hujumchi bu mavsumda porlagan edi. U hozirga qadar 12 ta gol va 10 ta assistga mualliflik qilgan. Bekker uchun "Fulxem" ham da'vogarlik qiladi.
Manba: caughtoffside.com