"Udineze" futbolchisi Jerar Deulofeu keyingi mavsum ham jamoasida qoladi. Xabarlarga ko'ra, hujumchi o'ziga qiziqish bildirayotgan jamoalarga o'tishni istamaydi.

28 yoshli ispan futbolchisi "Udineze" bilan 2024 yilga qadar bitim tuzgan. U bu mavsumda 12 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan edi.

"Vest Xem" hujumchi uchun eng jiddiy da'vogarlar qatorida e'tirof etiladi. Deulofeuning bozor narxi 15 million evroni tashkil etadi.

Manba: caughtoffside.com