"Vest Xem" o'z himoyachisini sotmaydi

"Vest Xem Yunayted" o'z futbolchisini qo'yib yubormoqchi emas. Xabarlarga ko'ra, London klubi Naif Aguerdni qishda sotmoqchi emas. 27 yoshli himoyachi "bolg'achilar"ning muhim vakillaridan biriga aylanib ulgurgan.
Marokash terma jamoasi a'zosining amaldagi bitimi 2027 yilda yakuniga etadi. U o'tgan mavsum avvalida "Renn"dan 30 million funtga xarid qilingan edi.
Manba: caughtoffside.com