"Vest Xem" yarim himoyachi sotib olish borasida ish olib bormoqda. Xabarlarga ko'ra, "Sautgempton" sardori Jeyms Uord-Prouz London klubi radariga tushgan.

Devid Moyes yangi mavsum uchun kuchliroq tarkib tuzishi kerak. "Bolg'achilar" yangi mavsumdan ELda ishtirok etadi. Ular EKLda chempionga aylangan edi.

Manba: newsnow.co.uk