"Vest Xem Yunayted" futbolchisi jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, "bolg'achilar" himoyachisi Ben Jonson shu mavsum oxirida jamoadan ketadi.

23 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsumda yorqin porlagandi. U hozirga qadar 87 ta bahsda maydonga tushgan. Jonsonga yangi bitim taklif etilmaydi.

Manba: caughtoffside.com