"Vest Xem" himoyachisi "Manchester Siti"ga yo'l oldi

"Vest Xem Yunayted" o'z futbolchisidan tekinga ayrildi. Xabarlarga ko'ra, "bolg'achilar"ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Jamal Baptiste "Manchester Siti" safiga erkin agent sifatida qo'shib olingan.
U "City Group" tarkibiga kiruvchi Belgiyaning "Lommel" klubiga ijaraga yuborilishi kutilmoqda.
Manba: caughtoffside.com