"Vest Xem Yunayted"da muammo chiqishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, London klubi rahbariyati yozgi transferlar oynasi uchun etarlicha mablag' ajratishdan bosh tortmoqda.

Devid Sallivan va Daniel Krshetinski etarlicha boylikka ega bo'lishiga qaramay, bosh murabbiy istagan futbolchilarni olib bermasligi mumkin. Bu esa "bolg'achilar"ni yangi mavsumda ham o'tgan yilgi muammolarga duchor qiladi.

Klub Deklan Raysni allaqachon 105 millionga pulladi. Hech bo'lmaganda undan keladigan mablag'ni transferlarga sarflash talab etiladi.

Manba: caughtoffside.com